Sikvellar doim omadsizlikka uchraydimi?

Sikvellar doim omadsizlikka uchraydimi?

Sikvellar har doim yomon chiqadimi?

Oktyabr oyi boshida ekran yuzini koʻrgan "Joker: Ikki kishilik telbalik" filmi kassada juda katta qulashni boshdan kechirib, ham muxlislar, ham tanqidchilar tomonidan yomon film deya baholandi. Bu esa bizga juda koʻp sikvellarning taqdirini yana bir bor eslatib qoʻydi. Gollivudda orginal film gʻoyasi qolmay, eski filmlarni davomini ishlash "moda"ga aylanmoqda va natijada esa "Ular yerga qulamoqda".


Ammo har doim ham sikvellar yomon boʻlmagan. Shunday filmlar borki, ikkinchi qismlari birinchisi bilan teng, baʼzida esa undan-da yaxshiroq ham chiqqan. Hozir shu kabi bir necha filmlarni eslab oʻtamiz.


1)"Qora ritsar"(2008)

Rejjisyor: Kristofer Nolan



Betmen komiksi juda koʻp marta ekranizatsiya qilingan, ammo Nolan tomonidan qilingan trilogiya ular orasida ajralib turadi. 2005-yilda chiqqan "Betmen: Muqaddima" filmi muxlislar tomonidan"juda yaxshi" deya baholanmagandi. Ammo oradan uch yil oʻtgach chiqqan ikkinchi film butun dunyoni larzaga keltirdi. Bryus Ueynning Gothamlik jinoyatchi - Joker bilan kurashi dunyo tomonidan juda iliq kutib olindi. Xit Letjer tomonidan ijro etilgan Joker obrazi tarixdagi eng yaxshi rollardan biri sifatida eʼtirof etildi va Oskarga nomzod koʻrilgan boʻlsa, film ayni paytda IMDb reytingida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.


2) "Terminator: Qiyomat kuni"(1991)

Rejjisyor: Jeyms Kameron



1984-yilda hali unchalik mashhur boʻlmagan rejjisyor Kameron oʻzining "temir odami" - Terminator bilan dunyoni lol qoldira olgan edi. Arnold Shvarsnegger tomonidan ijro etilgan ushbu hissiyotsiz robot barchaga manzur kelgan, odamlar bundan yaxshiroq film ololmaydi deb oʻylashardi. Ammo 1991-yilda Kameron bunday emasligini isbotladi - franshizaning ikkinchi qismi misli koʻrilmagan natijalar olib kela oldi.


3) Choʻqintirgan ota 2(1974)

Rejjisyor: Frensis Ford Koppala



Nyu-Yorklik italyan mafiyasi haqidagi 1972-yilda namoyish etilgan film kino durdonalaridan sanaladi. Ikkinchi film ustida rejjisyorni ishlayotgan ekanligini bilgan kinosevarlar biroz qoʻrqib qoʻyishgandi, chunki birning muvaffaqiyatini takrorlash fantastikaday tuyulardi. Ammo Koppola buni uddaladi. Vito Karleonening yoshligi hamda oʻgʻli Maykl Karleoneni solishtirilgan ushbu durdona asar birinchi filmga munosib voris boʻla oldi. Hozirda ushbu filmlar IMDb reytingida ikkinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egallab turibdi.


4) "Begonalar"(1986)

Rejjisyor: Jeyms Kameron



1979-yilda franshizaning ilk qismi rejjisyor Ridli Skott tomonidan suratga olingan. Orada keyingi qismni kim suratga olishini tanlash uchun yillar ketib qolgan, ammo Jeyms Kameron rejjisyorlik kursisiga kutilmaganda kelib qolgach, Skottning orginal filmiga jiddiy raqobatchi paydo boʻladi. Kosmosdagi ayolning "begonalar" bilan qilgan jangi bu filmda ham takrorlandi, u bu safar ular bilan juda keng koʻlamda kurash olib bordi.


5) "Telba Maks: Gʻazab yoʻli"(2015)

Rejjisyor: Jorj Miller



Oʻtgan asr 80-yillarida Jorj Miller tomonidan yaratilgan ushbu franshiza oʻz davrida ancha shuhrat qozongan. Ammo yillar oʻtishi bilan filmlar qaysidir maʼnoda eskirdi, qariya esa 2015-yilda navbatdagi qismni, navbatdagi blokbasterni suratga oldi. Tom Hardi va Charlez Sheron bosh rollarni oʻynagan ushbu olamshumul film juda iliq qarshi olinib, shubhasiz yilning eng yaxshi filmlari qatoriga kirdi. Joriy yilda ekranlar yuzini koʻrgan "Telba Maks:Furiosa" filmi ham ushbu franshizaga kiradi hamda ushbu filmning prikveli hisoblanadi.


6) "Dyuna: ikkinchi qism"(2024)

Rejjisyor: Deni Vilnyov



Yilning boshida premyera qilingan ushbu film shubhasiz yilning eng yaxshi filmlaridan biri va Oskarning bu yilgi juda koʻp nominatsiyalarida daʼvogarlik qilishi kutilmoqda. Olis kelajak haqida soʻzlovchi ushbu film, 2021-yilda chiqqan dastlabki filmning davomi hisoblanadi. Birinchi filmda bizga koʻproq olam haqida tasavvurlar berilgan boʻlsa, ushbu filmda intriga maksimal darajada yuqoriladi. Film yuksak aktyorlik mahorati, aytmoqchi boʻlgan messeyji, koʻtargan gʻoyalari bilan shubhasiz kino tarixining eng oliy oʻrinlaridan joy oldi.

Bu filmlarni tomosha qilmaganlar bo'lsa albatta tomosha qiling. Ular sarflagan vaqtingizni arzidi.

×