"Oskar 2023" mukofoti g'oliblari elon qilindi

Dan Kvan va Deniyel Shaynertning 11 ta nominatsiya bo‘yicha taqdim etilgan “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmi taqdirlash marosimida yettita: “Yilning eng yaxshi aktrisasi”, “Yilning eng yaxshi rejissori”, “Yilning eng yaxshi original ssenariysi” va “Yilning eng yaxshi montaj qilingan filmi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. “Kit” filmida bosh rolni ijro etgan Brendan Freyzer “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

 

Shuningdek, “Oskar-2023” tanlovining favoritlaridan biri “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” filmi bo‘lib, loyiha to‘rtta nominatsiya bo‘yicha, jumladan, “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasida taqdirlandi.


“Yilning eng yaxshi filmi” — “Barchasi hamma joyda va birdaniga” kinokartinasi

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi filmlar: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Avatar: Suv yo‘li”; “Inisherinalik Banshi”, “Elvis”, “Fabelmanlar”, “Tar”, “Top Gan: Meverik”, “G‘amginlik uchburchagi”, “Ayollar gapiradi” loyihalari taqdim etildi.

 

“Yilning eng yaxshi xorijiy badiiy filmi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

“Eng yaxshi badiiy animatsion film” — Gilermo del Toroning “Pinokkio” filmi

“Eng yaxshi hujjatli film” — “Navalniy”

“Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” — “Irlandcha xayrlashuv”

“Yilning yaxshi qisqa metrajli animatsion filmi” — “Bola, ko‘rsichqon, tulki va ot”

 

“Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” — “Fil sehrgarlari” kinokartinasi

“Yilning eng yaxshi rejissori” — Den Kvan va Deniyel Shaynert “Barchasi hamma joyda va birdaniga” filmi

Shuningdek, Martin Makdona (“Inisherinalik Banshi”), Stiven Spilberg (“Fabelmanlar”), Todd Fildd (“Tar”), Ruben Estlund (“G‘amginlik uchburchagi”) ham ushbu yo‘nalishda mufokotni qo‘lga kiritish uchun kurashdi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” yo‘nalishida Keyt Blanshet (“Tar”), Ana de Armas (“Sariq”), Andrea Riseboro (“Lesli uchun”), Mishel Uilyams (“Fabelmanlar”), Mishel Yeoh (“Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”) nomzodlar qatoriga kiritildi.

“Yilning eng yaxshi aktyori” — Brendan Freyzer “Kit” loyihasidagi roli uchun”

 

Ushbu yo‘nalishda Ostin Batler (“Elvis”), Kolin Farrell (“Inisherinalik Banshi”), Pol Meskal (“Mening quyoshim”), Bill Nigi (“Yashash”) nomzod sifatida ko‘rsatildi.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” – Jeymi Li Kertis “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmidagi obrazi uchun

 

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” – Ke Hyuk Kvan “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”


Aktyor Ke Hyuk Kvan mukofotni olayotganda yig‘lab yubordi va nima bo‘lishidan qat’i nazar orzudan voz kechmaslik kerakligi haqida ilhomlantiruvchi nutq so‘zladi.

“Ona, men ‘Oskar’ oldim”, — dedi aktyor sahnadan 84 yoshli onasiga murojaat qilib.

“Eng yaxshi original ssenariy” — “Barchasi hamma joyda va birdaniga”

Bu nominatsiyada “Inisherinalik banshi”, “Fabelmanlar” “G‘amginlik uchburchagi”, “Tar” loyihalari nomzodlar qatoriga kiritildi.

“Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” — “Ayollar gapiradi”

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Ayollar gapiradi” kinokartinasi bilan raqobatlashadigan filmlar orasida “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Pichoqlarni oling: Shisha piyoz”, “Yashash”, “Top Gan: Meverik” loyihalari ham bor edi.

“Eng yaxshi ovozlashtirilgan film” — “Top Gan: Meverik”

“Yilning yaxshi original saundtreki” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

“Eng yaxshi qo‘shiq: “RRR: Inqilob yaqinlashmoqda filmidagi “Naatu Naatu” taronasi

 

Shuningdek, bu nominatsiyada Ledi Gaga tomonidan kuylangan “Top Gan: Meverik” filmidagi Hold My Hand va “Qora pantera: Abadiy Vakanda” filmi uchun Rianna kuylagan Lift me up qo‘shig‘i ham nomzod qilib ko‘rsatilgan.

“Eng yaxshi vizual effektli film” — “Avatar: Suv yo‘li”

“Eng yaxshi montaj ishi” — “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”

“Yilning eng yaxshi operatorlik ishi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

 

“Eng yaxshi kostyumlar dizayni” — “Qora pantera: Abadiy Vakanda”

“Eng yaxshi grim va soch turmagi — “Kit” filmi

“Yilning eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassomi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” loyihasi

Muslimxon
Muslimxon

Ajoyib. 👏👏👏

Ilhomjon
Ilhomjon

Assalomu alaykum iwilaga omad👋👋

Abduqodir
Abduqodir

Ajoyib yaxshi

Pochtachi
Pochtachi

Lutsiferni qoʻyishni tezlashtiriylar 3 kundan buyon chiqmayapti

Jinni
Jinni

Boʻhti yepsanlar eng yaxshi film bu "Qaynana kelin" kinosi ❗❗❗❗❗❗❗

anime boy
anime boy

Lutsefer uz movida bor kurin

Mmmm
Mmmm

Ahad qayumni filmi yuqmi oskirda

Nima Bolsa Oskar Oladi Kino
Nima Bolsa Oskar Oladi Kino

😮‍💨😅

K

Telba
Telba

Lutsifer harkun chiqadilar🥺🥺🥺

Abduxoliq
Abduxoliq

Bizning songimiz tezlashtirila