"Forsaj 10" filmi dastlabki kunlarda qancha kassa yig'di?

“Forsaj-10” jangari filmi 17-may kuni dunyo bo‘ylab kinoprakatini boshladi va dastlab 15 da davlatda namoyish etildi. Universal Pictures kinostudiyasining to‘liq natijalari yaqin kunlarda taqdim etiladi, biroq hozircha kinofilmning prokati Xitoy va Janubiy Koreyada qancha mablag‘ to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Blokbaster Xitoyda seshanba kungi namoyishdan so‘ng 2,73 million dollar, chorshanba kuni esa 14,71 million dollar daromad oldi.

 

Kinokartina shu vaqtga qadar kassada 17,44 million dollar to‘plagan. Ma’lumot o‘rnida, “Forsaj-9” filmining kassasi ikki yil avval namoyish etilgan ilk kunida 53 million dollar, premyera haftasi oxirida esa 136,5 million dollarni tashkil qilgandi. Hozircha tomoshabinlarning o‘ninchi qismga sharhlari to‘qqizinchi qismdagiga qaraganda ancha yaxshiroq, biroq “Forsaj-8”ga qaraganda pastroq (loyiha Maoyan portalida 10 balldan 9 ball, 2021-yilda 8,1 va 2017-yilda 9,3 ball bilan baholangan). Biroq, bu vaziyatda ham, chorshanbadan yakshanbagacha, ya’ni besh kun ichida loyihaning 70-80 million dollar ishlab topishi qiyin.

 

“Forsaj-10” filmi hozirga qadar 1,01 million dollar, Janubiy Koreyadagi prevyularni hisobga olganda 1,05 million dollar ishlab topdi. Filmning avvalgi qismi bayram kunlarida namoyish etilgan, shu sababli yo‘qotish juda katta. O‘ninchi qism 17 foiz to‘lov va 37 foiz sotilgan chiptalardagi yo‘qotish bilan o‘z o‘rnini “Forsaj-8”ga bo‘shatib berdi.

Jkoiuhj, Bugun, 13:43
Godzilla va Kong 2: Yangi imperiya O'zbek tilida rasmiy treyler
Kjhbnmljh
Test, 24 марта 2024 16:04
Oʻzbek kinosi Hindistondagi festivalda “Eng yaxshi film” deb topildi
test test test dsalom test test test test test test test test test test test test
Гость Otabek, 24 марта 2024 01:20
Yo'ldagi uy Yo'l yoqasidagi uy yangi jangari filmdan qaynoq video parcha
Kino
Lazizbek, 21 марта 2024 23:19
“Kung Fu Panda 4” o'zbek ozbek tilida barcha kinoteatrlarda namoyish qilinadi
Zor
Zor, 21 марта 2024 23:12
Jeyms Kemeron “Avatar”ning davomini zudlik bilan suratga olishga kirishadi
Qqaa.