Warner Bros. Studio "Dyuna: 2" ilmiy-fantastik filmining chiqish sanasini o'zgartirdi. Film xalqaro miqyosda 2024-yil 1-martda (ilgari eʼlon qilingan 15-mart oʻrniga) chiqadi.
Dastlab filmning debyuti 2023-yilning noyabr oyida bo‘lishi rejalashtirilgan edi, biroq premyera SAG-AFTRA aktyorlarining ish tashlashi tufayli kechiktirildi. Ikkinchi qismda bosh rollarni Timoti Shalame, Zendaya, Florens Pyu, Ostin Batler, Rebekka Fergyuson va boshqalar ijro etgan.
Rejissyor lavozimini yana Denis Vilnev egalladi (Blade Runner 2049). Asl "Dyuna" 1960-yillarda yozuvchi Frenk Gerbert tomonidan yozilgan. Filmning birinchi qismi 2021 yilning kuzida premyera qilingan. "Dyuna" ning birinchi qismi jahon prokatida 400 million dollar ishlab topgan va oltita Oskar mukofotini qo'lga kiritgan edi.
"Dyuna 2" ning Rossiyada chiqarilishi noma'lumligicha qolmoqda. Bundan avval Warner Bros. Kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini rasman to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.


Tasodifiy xabarlar
"Wednesday" seriali 2 mavsumi uchun maxsus video rolik
"Bokira" Damsel filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Venom 3" filmi suratga olinadi bu haqida Sony kompaniyasi habar bergan.
Sentabr oyida premyera qilinadigan eng mashhur film va seriallar
"Arvohli saroy" yangi fantastik filmdan rasmiy treyler.
Supermen filmi O'zbek tilida spoylersiz tahlil videosi