"Kung-fu Panda” multfilmining to‘rtinchi qismi 2024-yil 8-martda chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda trilogiyaning davomli bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot bermagan Universal Pictures kompaniyasi xabar berdi!
Multfilmning uchinchi qismi 2016-yilda chiqarilgan. Oradan olti yil o‘tsa hamki, yangi loyihaning sujeti oshkor etilmagan. Multfilmda qadimgi Xitoyning fantastik versiyasida yashovchi Po ismli panda haqida hikoya qilinadi.
Birinchi qism butun dunyo bo‘ylab 631 million dollar to‘plab, DreamWorks’ning eng yuqori daromad keltirgan loyihaga aylangan. Hammasi bo‘lib Panda haqidagi multfilmning daromadi 1,8 milliard dollarni tashkil qilgan.
Bosh qahramonga Jek Blek, bundan tashqari, Anjelina Joli, Jeki Chan, Lyusi Lyu, Set Rogen va boshqalar ham multfilm qahramonlariga ovoz bergan.
Tasodifiy xabarlar
“Oskar” mukofotiga yana bir nominatsiya qo'shildi
Kapitan Amerika 4 filmining yangi treyleri taqdim etildi
"Moana 2" animatsion filmidan yangi rasmiy tizer
Tom Hardi nutqi eng tushunarsiz aktyor deb tan olindi
Mehmonxona qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
"Ajdarho Uyi" Ikkinchi mavsum qachon chiqishi malum bo'ldi!