2022-yil noyabr oyining oxirida Netflix’ning “Wednesday” seriali premyerasi bo'lib o'ti. Serialda bosh rolni ijro etgan aktrisa Jenna Ortega “Oltin globus” mukofotidagi rasmiy debyutini o‘tkazdi, shu bilan birga, birinchi “Eng yaxshi rol” nominatsiyasi g'olibiga aylandi.
Serialdagi bosh qahramon qiz Uenzdey ijro etgan raqs esa dunyo bo‘ylab muxlislarini topdi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Jenna Ortega “Wednesday” serialidagi raqsi haqida fikr bildirdi:
“Hayotimda o‘zgarish bo‘lganini his qilyapman. Bu, albatta, men uchun yangi davr”, — deydi aktrisa. Keyinchalik Jenna Ortega serialdagi katta mashhurlikka erishgan raqsiga bunday kuchli munosabat kutmaganini aytdi, chunki raqsning ko‘p qismi improvizatsiyadan iborat.
“Haligacha ishona olmayapman. Ba’zi harakatlarni men rejalashtirganman, ba’zilari esa haqiqiy improvizatsiya edi. Shuning uchun haqiqatan ham, kimdir minnatdorchilik bildirishi va buni o‘zida sinab ko‘rishi men uchun tushunarsiz”, — deb fikr bildirgan Jenna Ortega o‘z raqsi haqida.


Tasodifiy xabarlar
Super Mario 2: Galaktika multfilmidan yangi rasmiy treyler
"Yigit so'zi" seriali suratga olish ishlaridan orginal video rolik
“Kalmar o'yini" dagi aktyor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
G'alati narsalar 5 mavsumi faslidan katta hajmdagi video parcha namoyish qilindi
Enola Holmes 3 filmi premyera sanasi aniq bo'ldi
“Kalmar o‘yini” seriali yulduzi Li Byon Xon ishtirokidagi yangi film treyleri