China Media Group telekompaniyasi to‘liq ravishda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan xitoy tilidagi multserial namoyishini boshladi. Bu haqda “Pravila Jizni” nashri xabar bermoqda.
26 qismdan iborat “Mingyillik she’riyat” multseriali Xitoy she’riyati, afsonalari va tarixiy hikoyalarini o‘zida mujassam etadi. Undagi 200 dan ortiq she’rlar maktab dasturidan olingan bo‘lib, har bir epizod o‘rtacha 7 daqiqa davom etadi.
Multserialni yaratishda OpenAI’ning Sora dasturi va China Media kompaniyasining CMG Media GPT sun’iy intellektidan foydalanilgan. Ushbu dasturlar turli ko‘rinishdagi matn va audio materiallarni video formatga o‘zgartira oladi.
Biz texnologik innovatsiyalar imkoniyatidan kengroq foydalanamiz hamda internet va sunʼiy intellekt asosida kuchli dasturlar yaratamiz. Bu orqali ommaviy axborot vositalari rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tamiz, — dedi China Media Group kompaniyasi rahbari Shen Xaysyun.


Tasodifiy xabarlar
"Jangchi" seriali 3 - mavsum, fasli uchun rasmiy treyler
"Kuzatuvchilar" yangi qo'rqinchili filmdan rasmiy treyler
Loki seriali 2 mavsum, fasli rasmiy treyleri
Yil sarhisobi: 2022-yilning eng kassabop filmlari!
"O'g'rilanmagan kelin" filmida Shohruhxon rostdan ham Kajolni sevib qolganmi?
Hyu Jekman "Dedpul 3" filmi haqida yangilik aytdi