Netflix platformasi muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilayotgan "G'alati Narsalar: 85-yil hikoyalari" (Stranger Things: Tales of 85) multserialining to'liq treylerini e'lon qildi. Mazkur animatsion loyiha original serialning ikkinchi va uchinchi fasllari oralig'idagi voqealarni qamrab oladi.
Syujet markaziga yana o'sha barchaga qadrdon boʻlib qolgan obrazlar - Mayk, Uill, Dastin, Lukas, Maks va O'n bir qaytadi. Bolalar dahshatli hodisalar o'tmishda qoldi, deb hisoblab, nihoyat xotirjam hayot kechira boshlaydi. Ular qish mavsumini kutib olishga hozirlik ko'rishadi, biroq tez orada shahar uzra yog'ayotgan ilk qor bilan birga Xokinsga allaqachon unutilgan mudhish kuchlar qaytgani ma'lum bo'ladi. Sirli va qo'rqinchli mavjudotlar yana shaharda tartibsizlik keltirib chiqara boshlaydi.

Treylerdagi har bir kadr "G'alati Narsalar" serialiga xos bo'lgan o'sha mashhur muhitni yodga soladi. Netflix bu orqali tomoshabinlarga sevimli hikoya hali yakunlanmaganini va sarguzashtlar yangi formatda davom etishini namoyish etdi.
Loyiha ustida ishlash jarayonida qahramonlarga yosh aktyorlar ovoz berdi. Multserialni sahnalashtirish vazifasi Fil Alloraga topshirildi. U avvalroq "Glyukotexnika" va "DC superqahramon qizlari" kabi animatsion asarlar ustida ishlagan.

"G'alati Narsalar: 85 yil hikoyalari" multfilmining barcha qismlari joriy yilning 23-aprel kuni Netflix striming servisida bir vaqtda namoyish etiladi.
Quyida multserialdan yangi rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Super Mario: Galaktika multfilmidan birinchi rasmiy tizer taqdim etildi
Afsonaviy Jeki Chan haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
"Monarx: Maxluqlar merosi" seriali O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
Sonik 3 filmi O'zbek tilida to'liq tahlilni tomosha qiling
Yangi “Formula 1” filmining rejissyori Jozef Kosinski suratga olish jarayonidagi eng xavfli va dahshatli lahzani yodga oldi.
Vought yuksalishi seriali birinchi rasmiy tizer-treyleri namoyish qilindi