Oʻzbekistonlik charm-qoʻlqop ustasi Bahodir Jalolovning Tokio-2020 olimpiadasidagi gʻalabasi haqida “Yengilmas. Tokioga yoʻl” nomli film suratga olinadi.
“Rio-2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan soʻng bokschi Bahodir Jalolov qisman boksdan chetlashtiriladi. Ammo murabbiylar sportchini terma jamoaga qaytarishga muvaffaq boʻlishadi.
Bahodir yana mashgʻulotlarga kirishadi va qisqa vaqt ichida bir qancha muhim turnirlarda gʻalaba qozonib, nafaqat Osiyo, balki jahon chempioni boʻladi.
Shuningdek, filmda anti qahramonlar ham bor: turnir hayʼatiga bir amaldor keyingi Olimpiadada amerikaliklarning gʻalabasini taʼminlash topshirigʻini beradi.
Tokio Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasidan faqat Bahodir finalga yoʻl oladi, u yerda amerikalik Torres bilan yuzlashadi. Turnir hayʼati rejasiga koʻra, u koʻr-koʻrona amerikalikka magʻlub boʻlishi kerak edi. Ammo soʻnggi lahzada makkorona reja barbod boʻladi – Bahodir Olimpiada chempioniga aylanadi.
Loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktyorlar jalb etiladi. Tasvirga olish ishlari Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-Yorkda olib boriladi”, – deyiladi AOKAning Surxondaryo hududiy boshqarmasi rasmiy xabarida.


Tasodifiy xabarlar
"Exo" Marvelning yangi serialidan ilk rasmiy treyler (Video)
Dedpul 3 Filmini qachondan suratga olinishi malum!
Rossiya Gollivud filmlarini namoyish qilinmasligi sabab katta zarar ko'rdi.
Kris Evans Kapitan Amerika obraziga qaytmoqchimi?
Sonik 3 filmi O'zbek tilida to'liq tahlilni tomosha qiling
Jenna Ortega haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar