Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida oʻz faoliyatini olib borgan shifokorlar haqida “Epidemiya” filmi tasvirga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Film drama shaklida boʻlib, u Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yagona cinema” studiyasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida tasvirga olinadi.
Mazkur film syujetlarida insonning qadr-qimmati, uning oʻz burchiga sadoqati va masʼuliyati xususida hikoya qilinadi.
Film real voqeylikka asoslangan. Unda koronavirus kasalligining insonlar hayotiga salbiy taʼsiri, pandemiya davrida fidoiylik koʻrsatgan shifokorlarning qiyin va taxlikali paytda koʻrsatgan qaxramonliklari aks ettiriladi.
“Epidemiya” filmi davomida syujetlar shifokorlarning katta yoʻqotishlari, oʻz kasbi va burchini hamma narsadan ustun qoʻyishi singari tasviriy ifodalar orqali ochib beriladi.
Film gʻoya muallifi Abror Nabiyev (BDKI talabasi), postanovkachi rejissyor Abu Tolib Adamqulov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, postanovkachi rassom Xusayinboy Eshniyozov, badiiy rahbar Akrom Shaxnazarov hamda gʻoya muallifi Abror Nabiyev.
Kinofilmda rollarni aktyorlar Matyokub Matchonov, Saidkomil Umarov, Sardor Toʻrayev, Feruza Yusupova, Adiz Rajabov, Tamara Mirmaqsudova hamda Abror Yoʻldoshevlar ijro etishadi.
Filmni tasvirga olish ishlari fevral oyi oʻrtalarida boshlanishi kutilmoqda.


Tasodifiy xabarlar
"Isyonkor Oy ikkinchiq qism: Chandiq filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Ajdar o'rgatuvchilar filmi kinosi yangi rasmiy treyleri
Kalmar o'yini 3 - mavsumi O'zbek tilida faslidan oxirgi rasmiy treyler
Yovuzlik sehrgari "Voldemort" qaytishi mumkin.!
Anime muhlislari uchun "Qotil Jin" 3 fasli haqida va Treyler!
“Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining treyleri e’lon qilindi