O‘zbek tomoshabinlariga “Henkok”, “Men afsonaman", filmlari orqali yaxshi tanish Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qur’oni Karimni to‘liq o‘qib chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u "Big Time Podcast" dasturida so‘z ochdi.
Jurnalist Amr Adib bilan suhbatda Uill Smit hayotining so‘nggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini ta’kidlagan. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qur’onni ham o‘qib chiqqan.
“O‘tgan yili Ramazon oyida Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim. Menga Qur’ondagi soddalik va ravshanlik yoqdi. Har bir kalom juda aniq va tushunarli qilib, bayon qilingan. U juda go‘zal ohangga va billur kabi soflikka ega”, degan aktyor.
Shuningdek, yulduz Qur’onning ma’nosi unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirgan. Taniqli aktyor Qur’onni to‘liq o‘qishdan o‘zingizga nima oldingiz, degan savolga, kitobda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, payg‘ambarning qissasi va boshidan kechirgan voqealari uni junbushga keltirganini aytgan.
“Oddiyligi meni hayratga soldi... Qur’on oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni o‘qib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilik bo‘lishi mumkin emas”, degan u.
Ma’lumot uchun, Uillard Kerroll Smit II 1968 yilning 25 sentyabrda Filadelfiyada tug‘ilgan. "Qirol Richard" filmidagi Richard Uilyams roli uchun "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida "Oskar" mukofotini olgan. Bundan tashqari u “Ekran aktyorlari gildiyasi” va "Oltin globus" mukofotlari, shuningdek, ikkita "Grammy" mukofoti sovrindori hisoblanadi. 2008 yilda Uill Smit “Forbes” talqini bo‘yicha Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi.
Tasodifiy xabarlar
Aktyor Jonni Depp kino olamiga qaytmoqda
Pixar animatsion studiyasi 2024-yilda xodimlarni ommaviy ravishda qisqartiradi
Kapitan Amerika 4 O'zbek tilida ilk rasmiy treyler
"Kod 8" filmining ikkinchi qismidan rasmiy treyler namoyish qilindi
"Hammasi Hamma Joyda va Birdaniga" filmi ajoyib natijalarni o'rnatmoqda
Dedpul 3 Filmini qachondan suratga olinishi malum!