“Avatar” va “Titanik” filmlaridagi ijodi bilan tanilgan amerikalik prodyuser Jon Landau 63 yoshida vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, Landau 5-iyul kuni Los-Anjelesda saraton kasalligidan vafot etgan.
Jon Landau 1960-yil 23-iyulda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini 1980-yillarda kino ishlab chiqarish bo‘yicha menejer sifatida boshlagan. Landau suratga olgan “Avatar” va “Avatar: suv yo‘li” filmlari “Titanik”ning jahon bo‘yicha prokat rekordini ikki marta yangilagan. Birinchisida jami 2,26 milliard dollar ishlab topgan bo‘lsa, “Avatar” va uning davomi mos ravishda 2,9 milliard va 2,3 milliard dollar ishlab topgan. Landau “Avatar” filmining birinchi qismi uchun "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan.
"Titanik" va "Avatar" filmidagi ishi uchun ikki marta BAFTA mukofotiga ham nomzod bo‘lgan.

Tasodifiy xabarlar
"Gladiator 2" filmi suratga olinishida yong'in kelib chiqdi
Fevral oyida premyera qilinadigan kino va seriallar (Video)
"Sting" yangi qo'rqinchili filmdan rasmiy treylerni tomosha qiling
"Modda" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
"Taxi" filmi yulduzlari Toshkentdagi kinofestivalga kelishadi?
Anjelina joli hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar (Video)