Londonda joriy yilning 18 fevral kuni Britaniya kino va san’at akademiyasida BAFTA yo‘nalishlari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda har xil yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Kinoekranlarda namoyish etilishi bilanoq dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan “Oppengeymer” filmi BAFTA mukofotining 7 ta naminatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu kino ijodkorlaridan Kristofer Nolan eng yaxshi rejissyor, Killian Myorfi esa eng yaxshi aktyor deb topildi.
Shuningdek, “Poor Things” filmi 5 ta yo‘nalishda BAFTA oldi. Xususan, mazkur filmdagi roli uchun Emma Stoun eng yaxshi aktrisa deb topildi. "The zone of Interest" filmi esa BAFTA ning 3 ta yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi.
Malumot uchun, BAFTA – kino, pesa va televideniyedagi eng yaxshi asarlarni jamoatchilik e’tiboriga havola etuvchi hamda Buyuk Britaniya va xalqaro miqyosda ijodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi yetakchi mustaqil san’at xayriya tashkilotidir.
Eslatib o‘tamiz, “Oppengeymer” filmi joriy yilning dastlabki haftasida “Oltin Globus” mukofoti bilan ham taqdirlangandi.



Tasodifiy xabarlar
Joker 2 : Ikki kishi telbaligi filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Qaroqchi hayvonlar kelgusi yil oilaviy bayramni qutqaradi.
Berlin! Qog'oz bino seriali davom etadimi?
Lilo va Stitch filmidan birinchi rasmiy tizer
"Asteriks va Obeliks:O'rta qirollik" film treyleri!
"Marvellar" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling