45 yoshli aktrisa Natalie Portman Parijda farzandli bo‘ldi. Chaqaloqning otasi — fransiyalik musiqachi va prodyuser Tangi Destable.
Portmanning sobiq turmush o‘rtog‘i, rejissyor va xoreograf Benjamin Millepied bilan ikki farzandi bor: 15 yoshli o‘g‘li Alef va 9 yoshli qizi Amaliya. Destable uchun esa bu ilk farzand.
Aktrisa homiladorligi haqida ilk bor aprel oyida Harper’s Bazaar nashriga bergan intervyusida ochiqchasiga gapirgandi. Portman bu safar onalikni boshqacha — yanada minnatdorlik va xotirjamlik bilan qabul qilayotganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh o‘tishi bilan inson kimlar bilan vaqt o‘tkazishni va atrofida qanday muhit yaratishni xohlashini yaxshiroq anglar ekan. Aktrisa, ehtimol, bu uning so‘nggi homiladorligi bo‘lishini ham ta’kidlab, har bir lahzani qadrlashga harakat qilayotganini aytgandi.
Portman va Destablening munosabatlari 2025-yil mart oyida fransuzlarning Voici nashri juftlikning romantik munosabatlari haqida xabar berganidan so‘ng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan. Shundan beri aktrisa va musiqachi bir necha bor omma oldida birga ko‘rinish bergan. Biroq ular shaxsiy hayotlariga oid tafsilotlarni oshkor qilmaslikni afzal ko‘rishadi.
Tabriklaymiz!
Tasodifiy xabarlar
"Gulli Oy qotillari" filmidan yangi treyler (Video)
Terminator:Zero anime serialidan yangi rasmiy treyler
"Dyuna 2" filmidan birinchi rasmiy tizer
"Kapitan Marvel 2" filmi premyera sanasi orqaga surildi
"Buyuk poyga" filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
Klian Myorfi yangi "Garri Potter" serialidagi Volan-De-mort rolini rad etdimi?