“Kung-fu panda 4” animatsion filmi jahon prokatida rasman 500 million dollardan ortiq (503,5 million dollar) daromad keltirdi. “Godzilla va Kong: Yangi imperiya” blokbasteri esa ushbu rekord darajasidan o‘tib, 519,3 million dollar foydaga ega bo‘ldi.
Universal va DreamWorks kompaniyasi mahsuli bo‘lgan Panda haqidagi franshizaning to‘rtinchi qismi o‘zining ikkinchi (47,6 million dollar) va uchinchi (41,2 million dollar) filmidan ham yuqoriroq ko‘rsatkichga erishdi.
Mazkur loyiha AQSHda 185 million dollar, xalqaro miqyosda 318,5 million dollar to‘pladi. Unda aktyorlardan Jek Blek, Avkvafina, Brayan Krenston, Viola Devis va boshqalar ovoz berishda ishtirok etgan. 2008-yilda ilk bor namoyish etilgan “Kung-fu panda” franshizasi umumiy hisobda 2,3 milliard dollarni ishladi va bu raqamlar o‘sib bormoqda.
“Yangi imperiya” filmi “Godzilla Kongga qarshi” (2021) filmining mantiqiy davomidir. Amerikada mazkur film 181,6 million, xorijda esa 337 million dollar daromadga chiqqan.
Eslatib o'tamiz ikkala premyeralarni ham O'zbek tilida Uzmovi.com saytida tomosha qilishingiz mumkin.


Tasodifiy xabarlar
Derriga xush kelibsiz seriali Masqaraboz U seriali yangi rasmiy treyleri
G'alaba yoki mag'lubiyat yangi animatsion serial treyleri
Avatar: Aang afsonasi O'zbek tilida rasmiy treyler videosi
Mortal Kombat 2 filmi yaratilishi haqidagi maxsus video rolik
28 - yildan so'ng: Suyak ibodatxonasi filmidan yangi rasmiy treyler
"Dahshatli uy" seriali 3 fasli mavsumidan yangi rasmiy tizer-treyler