"Ajdar o'rgatuvchilar" ("How to Train Your Dragon") filmining jonli aktyorlar ishtirokidagi remeyki 2025-yil 13-iyun kuni premyera qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu remeyk mashhur animatsion trilogiyaning yangi talqini bo'lib, unda asosiy qahramon Ikking va uning ajdarho do'sti Tishsizning sarguzashtlari jonli aktyorlar tomonidan namoyish etiladi.
Film voqealari Berk orolida sodir bo'ladi, bu yerda vikinglar ajdarholar bilan dushmanlik qilishadi. Ikking o'z xalqining an'analariga qarshi borib, Tishsiz ismli ajdarho bilan do'stlashadi. Ularning g'ayrioddiy do'stligi nafaqat qahramonlarning taqdirini, balki vikinglar jamiyatida ajdarholarga bo'lgan munosabatni ham o'zgartiradi.
2024-yil noyabr oyida chiqarilgan film tizeri bir sutka ichida 6 milliondan ortiq ko'rildi va 20 ming izoh to'pladi, bu esa tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg'otganini ko'rsatadi.
Shuningdek, IMDb portali 2025-yilning eng kutilayotgan kinopremyeralaridan biri sifatida ushbu remeykni qayd etgan.
Quyida filmning yangi rasmiy treylerini tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Loki" seriali 2 - mavsumi to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
Qo‘rqinchli filmlar ko‘rish sportning o‘rnini bosa oladimi?
Ulugʻbek Qodirov bosh rolni ijro etgan "Oʻzbek arsloni" ("Kazbek") filmi haqida
"Abdullajon" filmi aktyorlari hozir qanday ko'rinishda? (Video)
"Ultraman rising" animatsion filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Joker 2: Ikki inson telbaligi" filmi ilk rasmiy treyleri