Buyuk Britaniyaning eng mashhur aktyorlaridan biri, “Garri Potter” obrazi orqali kino tomoshabinlariga yaxshi tanish boʻlgan ijodkor Deniel Redkliff ilk bor ota boʻladi. Aktyorning suygan yori – aktrisa Erin Darkning farzand kutayotgani har ikki ijodkorning muxlislari uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Ushbu xushxabarni aktyorning rasmiy vakillari ham tasdiqlagan.
Juftlik bundan 11 yil avval, 2012-yilda “Sevimli insonlaringni oʻldir” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganlar. Redkliff ushbu filmda yozuvchi Allen Ginzberg rolini ijro etgan.
Maʼlumot uchun, Deniel Redkliff 2022-yilda Garri Potter haqida suratga olinadigan navbatdagi – “Laʼnatlangan goʻdak” filmi orqali ekranlarga qaytishi yoki qaymasligi masalasiga aniqlik kiritgan edi. Ijodkor “Garri Potter”ni oʻtmishga qoldirish vaqti yetib kelgani, shu bilan birga “hech qachon hech qachon deb boʻlmasligi”ni taʼkidlagan

Tasodifiy xabarlar
"Moviy qo'ng'iz" filmidan ikkinchi rasmiy treyler
Agata seriali Agata: Hamma vaqt seriali qanday suratga olingan?(Video)
"Maymunlar sayyorasi:Qirollik" filmidan oxirgi rasmiy treyler
"Yo'ldagi yoqasidagi uy" Konor Makgregor ijrosidagi film treyleri
"Nevskiy" yangi animatsion serial rasmiy treyleri
Avatar 3: Olov va Kul filmidan yangi rasmiy treyler