"Derryga xush kelibsiz" seriali ikkinchi mavsumi yanada dahshatli va o'zgacha uslubda bo'ladi

"Derryga xush kelibsiz" seriali ikkinchi mavsumi yanada dahshatli va o'zgacha uslubda bo'ladi

HBO’ning «Derriga xush kelibsiz» (IT: Welcome to Derry) serialining ikkinchi mavsumida voqealar yanada keng miqyosda rivojlanadi. Eng qizig‘i, Pennivayz bu safar tomoshabinlar qarshisida mutlaqo yangi qiyofada namoyon bo‘ladi. Bu haqda serial shouranneri Bred Kaleb Keyn Deadline nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi mavsum ssenariylarining taxminan yarmi yozib bo‘lingan, suratga olish ishlari jadvali ham tuzilgan. Rejissyor Endi Mushietti esa aktyorlarni tanlashga kirishgan.



Yangi mavsumda nimalar bo‘ladi?


Voqealar 1935-yilda, Buyuk depressiya davrida kechadi. Hikoya banklarni tunaydigan Bredli to‘dasi haqida bo‘ladi. Ular o‘q-dori sotib olish uchun Derriga kelishadi, biroq bu shaharda ularni dahshatli voqealar kutib turadi.

Shouranner yangi mavsumni Warner Bros. studiyasining klassik gangster filmlari ruhidagi loyiha sifatida ta’rifladi. Unda qurolli talonchiliklar, qashshoq mahallalar, qarovsiz bolalar va diniy mutaassiblik muhim o‘rin tutadi.



Albatta, bu voqealar fonida Pennivayz ham paydo bo‘ladi. Qo‘rqinchli masxaraboz roliga Bill Skarsgard yana qaytadi, ammo bu safar uning tomoshabinlarga qanday qiyofada ko‘rinishi hozircha sir.


Eslatib o‘tamiz, birinchi mavsum voqealari 1962-yilda kechgan edi. Ikkinchi mavsum esa undan 27 yil oldingi voqealarni hikoya qiladi.

Sizningcha, Pennivayzning yangi qiyofasi birinchi mavsumdagidan ham qo‘rqinchli bo‘ladimi?


×
KINOCHI.NET