“Muzlik davri” animatsion filmining oltinchi qismi hozirda ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida. Bu haqda Yalqov Sid obraziga ovoz bergan aktyor Jon Leguizamo NPR podkastida ma’lum qildi.
Suhbat davomida boshlovchi o‘g‘lining “Muzlik davri” multfilmlar seriyasini sevib tomosha qilishini aytib o‘tdi. Leguizamo bunga javoban “buni eshitganimdan juda xursandman, biz mazkur multfilmning oltinchi qismini suratga olmoqchimiz”, dedi aktyor multfilm qahramonining ovozida.
Biroq Leguizamo yangi film haqida boshqa hech qanday ma’lumot bermadi. Disney kompaniyasi ham multfilm ustidagi ish boshlangani haqidagi
2021-yilda Disney “Muzlik davri” va “Rio” asarlarini yaratgan Blue Sky Studios animatsion studiyasini yopgan edi. Kompaniya bunday qarorni o‘sha vaqtdagi iqtisodiy vaziyat bilan izohlagan edi. Shunday bo‘lsa-da, Disney franshizani “Muzlik davri: Bakning sarguzashtlari” nomli animatsion film bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Multfilm Blue Sky va franshiza prodyuserlari ishtirokisiz yaratildi va 2022-yilda Disney+ tomonidan namoyish etildi. Kino tanqidchilar mazkur filmni ijobiy baholamadi.
Mamont Menni, yo‘lbars Diyego va yalqov Sidning sarguzashtlari haqidagi birinchi “Muzlik davri” filmi 2002-yilda chiqarilgan. Franshizaning so‘nggi — beshinchi qismi 2016-yilda namoyish etilgan. “Muzlik davri” kassalarda birinchi o‘rinni egallagan boshqa franshizalar kabi e’tiroflarga ega bo‘lmasa-da, jami 3,219 milliard daromad bilan barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizalari ro‘yxatidan joy olgan.
Tasodifiy xabarlar
"Ovchi Kreyven" filmi treylerining to'liq o'zbekch tahlili
Naklz Sonik 3 asosiy yovuzi Knuckles seriali tahlili O'zbek tilida
"Isyonkor Oy ikkinchiq qism: Chandiq filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"После 5: нaвсегда" filmdan rasmiy treyler (Video)
"Kungfu panda 4" multfilimidan katta hajmdagi video rolik
Leonardo Di Kaprio Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” filmi uchun katta miqdorda gonorar oldi