“Avatar 2: Suv yoʻli” filmi taqdimotdan 2 hafta oʻtmay turib, jahon kinoprokatidan 855,5 million AQSh dollari miqdorida daromad olib ulgurdi. Film shu tariqa 2022-yilning eng kassabop loyihalari reytingidagi ikkinchi oʻrinni band etdi.
855,4 million dollar daromadning 254 millioni AQSh hududiga toʻgʻri kelmoqda. Film Janubiy Koreya kinoteatrlaridan 53 million, Frantsiyadan 52,3 million, Hindistondan 37 million, Germaniyadan 35,7 million, Xitoydan 25,9 million dollar foyda olgan.
Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan film kassaboplik borasida “Doktor Strendj: Telbalik multikoinotida” kartinasini ortda qoldirgan va yilning eng omadli loyihalari reytingida “Oʻlish vaqti emas” filmidan keyingi oʻrinni egallagan.
Eslatib oʻtamiz, filmning taqdim etilganiga 2 hafta boʻlgani ham yoʻq. Mutaxassislar yil oxiriga kelib uning jahon kinoprokatidan oladigan daromadi 1 milliard AQSh dollaridan oshishini taxmin qilmoqdalar.

Tasodifiy xabarlar
Jenna Ortega "Wednesday" ro'li uchun "Oltin yil" mukofotini oldi
Ulug'bek Qodirov biografiyasi hayot va ijodi (Video)
Kristofer Nolan navbatdagi filmi qo'rqinchili janrda bo‘lishi mumkin
"Shelbilar oilasi" yangi hikoyalari davom etadi
Qo'rqinchili "Qo'ng'iroq" filmi qanday suratga olingan (Video)
Aktyor Tom Hollan ijodida 1 yil tanaffus qilmoqchi