“Garri Potter” filmidagi Germiona Grenjer roli bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik aktrisa Emma Uotson nima sababdan uzoq vaqt davomida filmlarda suratga tushmagani va kinoga qaytishi haqida so‘zlab berdi.
U so‘nggi marta 2019-yilda “Kichik ayollar” dramasida bosh qahramon rolini o‘ynagan va shundan keyin boshqa loyihalarda ishtirok etmagan. Aktrisa aynan shu loyihaning suratga olish jarayonlarida o‘zini himoyasiz his qilayotganini aytgan.
“To‘g‘risini aytsam, xursand bo‘lmadim. O‘zimni asirlikdagidek his qildim. Men uchun juda qiyin bo‘lgan narsa doimiy ravishda omma oldida chiqish bo‘lgan, o‘zimni nazorat qila olmaydigan narsadan voz kechishim kerak edi. Yaratish jarayonida men ishtirok etmagan narsalarning yuzi va vakili bo‘lish qiyin”, — deydi Emma Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.
Aktrisa kino olamidagi faoliyatini davom ettirishi haqida ham gapirib berdi.
“Ha, albatta. Men o‘tirib, keyingi to‘g‘ri tanlangan rolni kutishdan mamnunman. Menga o‘zim qilgan hamma narsa yoqadi. O‘zimni turli insonlarga bo‘lishni, robot rejimiga o‘tishni xohlamayman”, — deydi aktrisa.
Hozirda Uotson ukasi Aleks bilan birgalikda alkogol biznesini rivojlantirmoqda. Aktrisa sentabr oyida magistraturani tamomlash uchun Oksfordga o‘qishga qaytishni rejalashtirmoqda.


Tasodifiy xabarlar
"Yosh Sherlok" serialining yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
"Ofitser 55" detektiv badiy film! (Treyler)
Kapitan Amerika 4 O'zbek tilida Kapitan Amerika: Jasur yangi dunyo filmi treyleri
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan yangi rasmiy treyler
Avatar 2 Suv Yo'li (Treyler)
Burama Metal seriali 2 - mavsumi O'zbek tilida birinchi rasmiy treyler