Aktyor Jim Kerri "Grinch – yangi yil o'g'risi" ertagining davomi ustida ishlashga qaytishni xohlayotganini bildirdi. Bu haqda yaqinda bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Kerri Grinch obrazini qaytadan yaratish uchun asosiy shartni ham ma’lum qildi — bu motion capture (harakatlarni ushlab olish texnologiyasi) bo‘lishi kerak.
"Oh, agar Grinch haqida yana nimadir o‘ylab topsak edi. Masala shundaki, suratga olish paytida yuzimga juda ko‘p grim surilgan edi va deyarli nafas ololmasdim. Bu nihoyatda qiyin jarayon edi. Men doim o‘zimga shunday deb aytardim: «Bu bolalar uchun. Bu bolalar uchun. Bu bolalar uchun». Endi esa motion capture va boshqa zamonaviy texnologiyalar bilan men xotirjamroq ishlashim mumkin edi. Bu dunyoda hamma narsa mumkin", — dedi Kerri.
"Grinch" filmi 2000-yilda chiqarilgan bo‘lib, yozuvchi Doktor Syuzning shu nomli ertagiga asoslangan edi. Film rejissyori Ron Xovard edi. Loyihaning dunyo bo‘ylab yig‘gan daromadi 346,5 million dollarni tashkil qilgan va u "Yangi yil" klassikasiga aylangan.
Jim Kerri shu yil oxiriga qadar "Sonik 3" filmida ekranga qaytadi, u yerda yana Robotnik qahramonini jonlantiradi. Aktyor nafaqaga chiqish fikridan qaytganini va ushbu rolni asosan moliyaviy sabablarga ko‘ra qabul qilganini tan oldi.
"Sonik 3" filmi butun dunyo bo'ylab 20 - dekabr sanasidan boshlab premyera qilinadi.
Tasodifiy xabarlar
Googledan "Bizning so'ngimiz" seriali muhlislari uchun ajoyib sovg'a
Nikolas Keyj ijrosidagi "Iblisga hamdardlik" filmi treyleri
Yangi qo'rqinchili "Abigail" filmidan ilk rasmiy treyler
Fortuna Operatsiyasi: G'alaba san'ati (Treyler)
“Top Gan: Maverik” kinotanqidchilar tomonidan yil filmi deb topildi
Margot Robbi va Bret Pitt bitta filmda Bobil (Treyler)