Joriy yil 19-dekabrda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan “Avatar: Olov va kul” filmi franshizadagi eng uzoq davom etadigan film bo‘ladi, deya xabar berdi Jeyms Kemeron Empire nashriga.
Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, “Avatar: Suv yo‘li” filmi uchun o‘ylangan g‘oyalar juda ko‘p edi, ammo qahramonlarning xarakteri yetarlicha rivojlanmagan va chuqur kirilmagan edi.
“Filmdagi voqealar xuddi tezyurar poyezd kabi harakatlanar edi. Turli-tuman sarguzashtlarning ko‘pligi esa qahramonlarga yetarlicha e’tibor berishga to‘sqinlik qildi”, deya tushuntirdi Kemeron.

“Avatar: Suv yo‘li” filmi 192 daqiqa, “Avatar” ning birinchi qismi esa 162 daqiqa davom etgan. Yangi filmni suratga olish vaqti hali oshkor etilmagan.
Rejissyor franshiza barcha uchun qiziqarli bo‘lishi uchun xavfli, ammo jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga qaror qilish muhim ekanligini ta’kidladi. “Avatar”ning birinchi va ikkinchi qismida tomoshabinlar Pandoraning ajoyib dunyosi va uning turfa madaniyati bilan tanishgan bo‘lsa, uchinchi qismda ushbu olamning yanada murakkab qirralari yoritiladi hamda syujetga chuqurroq kirib boriladi.

Franshiza eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning dastlabki ikki qismi butun dunyo bo‘ylab 5,2 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan.
Tasodifiy xabarlar
Iqtisod va biznes haqidagi eng yaxshi filmlar (Video)
Hayvonlar shahri 3" multfilmi ustida ishlar boshlandimi?
Kapitan Marvel 2 "Marvellar" filmi O'zbekcha tahlil videosi
Yirtqich: Yomon yerlar filmi O'zbek tilida rasmiy tizer-treyler
"Avatar 2" filmi "Titanik" ni ham ortda qoldiradimi?
"Rux yig'uvchi" yangi qo'rqinchili filmdan rasmiy treyler