Xitoyning maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi TCL kompaniyasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk romantik komediyaning anonsini e’lon qildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi. Qisqa metrajli film “Keyingi bekat — Parij” deb nomlanadi.
Film treyleri allaqachon YouTube’ga yuklangan. Kadrlarga e’tibor bersangiz, qahramonlar yuz tuzilishi, mimika va harakatlarida sun’iylik yaqqol namoyon bo‘ladi. Atrofdagi manzaralar ham o‘ta xira va noaniq tasvirlangan.
Film ssenariysi ham sun’iy intellekt tomonidan yozilgan, lekin qahramonlarga haqiqiy aktyorlar ovoz bergan. Shuningdek, film ustida prodyuserlar jamoasi, vizual effektlar bo‘yicha mutaxassislar va sun’iy intellekt muhandislari ham ish olib bormoqda.
“Keyingi bekat — Parij” filmi o‘z to‘yida qaylig‘i tomonidan tashlab ketilgan kelin haqida hikoya qiladi. Qiz Parijga — asal oyini o‘tkazishga yakka o‘zi boradi va poyezdda sirli inson bilan tanishib qoladi. Qizg‘in suhbat qurgach, shaharni birga kezishga qaror qilishadi.
Asar ustida ish olib borayotganlarning ta’kidlashicha, filmning sifati tez orada yaxshilanadi va 2024-yilning yoz oyida TCLtv+ striming xizmatida ommaga namoyish etiladi.




Tasodifiy xabarlar
"Qashqirlar makoni" seriali aktyorlari hozirgi kunda (video)
Marvel qahramoni shifonaga yotqizildi!
"Oltin Globus 2022" kimlarga nasib qildi?
"Freddi bilan besh kecha" yangi qo'rqinchili filmdan treyler
“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi dekabrda chiqishi ma’lum qilindi (treyler)
"Marvellar" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling