Gollivudning eng koʻp haq oluvchi aktrisalari reytingi tuzib chiqildi. Reytingdagi yetakchilik taniqli ijodkor Margo Robbiga nasib etdi.
32 yoshli aktrisa Greta Gervigning “Barbi” filmida suratga tushib, 12,5 million AQSh dollari miqdorida haq olgan. Mazkur filmning taqdimoti 2023-yilga rejalashtirilgan.
Margo Robbining “Barbi” filmidagi ijodiy hamkori – Rayan Gosling ham aktrisa bilan bir hil miqdorda gonorar olgan, shu tariqa ijodkorlar juftligi Gollivudning eng koʻp haq oluvchi yulduzlari reytingidagi 16-oʻrinni band etishgan.
Aktrisa undan avval “Yirtqich qushlar” blokbasteridagi ishtiroki ortidan 10 million AQSh dollari miqdorida pul ishlab topgan edi. Mazkur film 2020-yilda taqdim etilgan.
Eng koʻp haq oluvchi aktrisalar reytingidagi ikkinchi oʻrinni aktrisa Milli Bobbi Braun band etgan. Unga “Enola Xolms-2” filmidagi roli uchun 10 million dollar miqdorida haq toʻlangan.


Tasodifiy xabarlar
Jeyms Kemeron "Terminator" davomini suratga olmoqchi
La'nat 4 filmi 2025 yilning eng kassabop qo'rqinchli filmiga aylandi
"Loki" seriali 2 - mavsumi to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
Monarx: Maxluqlar merosi seriali 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
“Yangi Tom Kruz va Di Kaprio”. Timoti Shalamening gonorari rekord darajada ko‘tarilib ketdi
Arvoh ovchilari: Muzlagan imperiya O'zbek tilida rasmiy treyler