Google va Netflix kompaniyalari hamkorlikda “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumi premyerasi arafasida serialga bag‘ishlangan mini-o‘yinni ishga tushirdi. Unda serialdagi eng taniqli epizodlaridan biri aks etgan.
O‘yinni sinab ko‘rish uchun Google qidiruv tizimiga “Squid Game” (serialning ingliz tilidagi nomi) deb yozing va ekranning pastki qismida paydo bo‘lgan jigarrang maktubni bosing. “Qizil-ko‘k chiroq” o‘yinida sport kostyumidagi oltita ishtirokchini boshqarish kerak bo‘ladi. Qo‘g‘irchoq orqaga qarab turgan vaqt ko‘k tugmani bosib, ularni oldinga siljitish kerak. Qo‘g‘irchoq oldinga o‘girilganda harakatlanayotgan ishtirokchilar orasidan o‘ziga qurbon qidiradi. Shu vaqtda qizil tugmani bosib o‘yinchilarni to‘xtatish lozim.
Quyidagi rasmlarda qanday o'yinni o'ynash ko'rsatilgan.
Mazkur mini-o‘yin butun dunyo bo‘ylab mobil qurilmalarda ham, kompyuterlarda ham mavjud. U Netflix’da namoyish etiladigan serialning ikkinchi mavsumini targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Netflix barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo'lgan “Squid Game: Unleashed” nomli bepul multipleyer, “Squid Game: Virtuals” VR loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, kompaniya Puma, Xbox, Duolingo va Domino’s kabi yirik brendlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi fasli joriy yil 26-dekabrda premyera qilinadi. Loyihaning uchinchi mavsumi 2025-yilda namoyish etiladi va bu mavsum serial uchun oxirgisi bo‘ladi.
Tasodifiy xabarlar
Yangi ilmiy-fantastik film "65" treyleri va premyera sanasi
"Forsaj 11" Dueyn Jonson qaytadi, Dominik Toretto esa filmda ro'l ijro etmaydi
G'alati narsalar 5 mavsumi, fasli suratga olish ishlaridan ajoyib video rolik
Chumoli odam va ari 3 Kvant olami (Treyler)
Hayvonlar shahri 2 zootopiya 2 multfilmi yangi rasmiy treyleri
"Forsaj 10" filmidan oxirgi rasmiy treyler taqdim qilindi