OAV xabarlariga ko‘ra, mashhur «Uyda yolg‘iz» (Home Alone) komediya franshizasining yangi davomi ustida ish boshlanishi mumkin. Loyihani Disney studiyasi ishlab chiqmoqda, ssenariy ustida esa «Kinostudiya» seriali ijodkorlari Set Rogen va Evan Goldberg ishlamoqda.
Eng qizig‘i, Kevin MakKallister roliga Makoley Kalkin qaytishi mumkin. Aktyor 2025-yilda yangi film uchun o‘z g‘oyasini ham taklif qilgan edi.

Unga ko‘ra, ulg‘aygan Kevin endi o‘zi ota bo‘ladi, biroq kutilmaganda o‘g‘li uni uyga kiritmay qo‘yadi. Kevin esa farzandi tayyorlagan turli tuzoqlardan omon o‘tib, u bilan yarashishga harakat qiladi. Ya’ni bu safar mashhur tuzoqlarni Kevin emas, uning o‘g‘li tayyorlaydi!
Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmining ilk qismi 1990-yilda, «Nyu-Yorkdagi sarguzashtlar» deb nomlangan ikkinchi qismi esa 1992-yilda namoyish etilgan. Skarlett Yoxansson ham ishtirok etgan uchinchi film 1997-yilda ekranlarga chiqqan.

Franshizaning barcha filmlari jahon prokatida jami 915 million dollar daromad keltirgan.
Xo‘sh, Kevin MakKallisterning katta ekranlarga qaytishini kutyapsizmi?
Tasodifiy xabarlar
"Ragnarok" seriali 3 mavsumi faslidan rasmiy treyler
Kventin Tarantino yangi filmining kechikishi sababini ma'lum qildi.
"Hayot mamot o'yinlari: Qushlar va Ilonlar haqida doston" filmidan yangi rasmiy treyler
Yomon yigitlar-4 filmining to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
Gladiator 2 filmi O'zbek tilida treyler tahlili
"Masxaraboz U" qaytmoqda dahshatli voqealar davom etadi.