"Yigit so'zi: Asfaltdagi qon" seriali muhitini sog'inganlar uchun ajoyib yangilik.
START onlayn kinoteatri va NTV telekanali «Ayda!» nomli yangi kriminal serialning ilk treylerini taqdim etdi. Serial noyabr oyida namoyish etiladi.
«Yigit so‘zi» serialidagi kabi yangi loyihada ham voqealar markazida ko‘cha guruhlari va jinoiy muhit turadi. Biroq «Ayda!» tomoshabinni 1970-yillardagi Qozonga olib boradi. Syujet Rossiyadagi ilk jinoiy guruhlardan biri hisoblangan afsonaviy "Tyap-Lyap"ning shakllanishi va faoliyati haqida hikoya qiladi.


Voqealar Volgograddan Qozonga ko‘chib kelgan badavlat oilaning o‘g‘li Grisha atrofida rivojlanadi. U yangi shaharga kelishi bilan ko‘cha guruhlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar girdobiga tushib qoladi. Grishaning bu xavfli muhitdagi yo‘l ko‘rsatuvchisi «Tyap-Lyap» mafkurachilaridan biri Zaxarevich bo‘ladi. Guruhga qarshi esa jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Nikonov kurash olib boradi.
Serialda Daniil Vorobyov, Vladimir Vdovichenkov, Nikita Kologriviy, Aleksey Serebryakov, Yekaterina Klimova va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Rejissyor — Oleg Asadulin («Yopiq maktab»).

Birinchi mavsum 8 qismdan iborat. «Ayda!»ning premyerasi noyabr oyiga belgilangan aniq sanasi esa tez orada e'lon qilinadi.
Tasodifiy xabarlar
"Platforma 2" filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi
Garri Potter seriali haqida rejissor yangi serial haqida nimalar dedi
"Barbi" filmi yulduzlari yana birgalikda yangi loyihada ro'l ijro etishadi
"Garri Potter" filmi aktyorlari hozirgi kunda (Video)
"Qichqiriq"(Krik) 6 Treyler va premyerasi sanasi
Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan multserial namoyishi boshlandi