DC komikslari asosida ishlangan HBO’ning «Fonuslar» («Lanterns») superqahramonlik serialining birinchi mavsumi yakuniga yetdi. Loyihaning so‘nggi qismi internetda paydo bo‘ldi.
Avgust oyida premyerasi bo‘lib o‘tgan serial voqealari ikki galaktikalararo tinchlik posboni — Xel Jordan va Jon Styuart atrofida rivojlanadi. Ular Nebraskada sodir etilgan sirli qotillikni tergov qilishga kirishadi. Biroq tekshiruv davomida ish oddiy jinoyatdan ancha kattaroq ekani va voqea ortida qudratli yerdan tashqari kuchlar turgani ma’lum bo‘ladi.

Serialda Kayl Chendler, Aaron Per, Kelli Makdonald va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Loyihaning hammualliflaridan biri «Tirik Qolish» («Lost») va «Qo‘riqchilar» («Watchmen») kabi mashhur loyihalari bilan tanilgan Deymon Lindelof.
"Fonuslar" seriali tanqidchilar tomonidan ham yuqori baholandi. Serial Rotten Tomatoes’da 92 foizlik natijani qayd etgan bo‘lsa, Metacritic’da 100 balldan 72 ball to‘pladi.

Hozircha HBO serialning ikkinchi mavsumini rasman tasdiqlamagan.Lekin tez orada serial kelajagi haqida yangilik bo'lishi kutilmoqda.
Tasodifiy xabarlar
"Qichqiriq"(Krik) 6 Treyler va premyerasi sanasi
"Atlas" jangari filmi suratga olish jarayonlari (Video)
"Qasoskorlar" filmi aktyorlariga kimlar ovoz bergan? (Video)
Loki seriali 2 mavsumi, fasli o'zbekcha treyler tahlili (Video)
"Chumoli odam va ari: Kvant olami" filmi haqida muhlislar fikri qanday?
"YUNG E" Janubiy Koreyadan fantastik film Treyleri!