???? «Mandalorian va Grogu» filmi tanqidchilardan o‘rtacha baholar oldi — Rotten Tomatoes’da film hozircha 61% reytingga ega.
Ko‘pchilikning fikricha, film yomon emas, tomosha qilish qiziqarli va oilaviy ruhdagi sarguzasht sifatida yaxshi ishlaydi. Lekin u tomoshabinni hayratda qoldira olmaydi.

Asosiy minus sifatida ssenariy tanqid qilinmoqda. Tanqidchilarga ko‘ra, film yaxlit katta kino emas, balki bir-biriga ulanib ketgan serial epizodlariga o‘xshaydi.
Shunga qaramay, «Yulduzlar jangi» olamining katta ekranlarga qaytishi muxlislarni xursand qilgan. Eng ko‘p maqtov esa bosh qahramonlar o‘rtasidagi munosabat va atmosferaga berilgan.
Umumiy fikr shuki: bu «Yulduzlar Jangi» olamidagi eng kuchsiz loyiha emas, ammo majburiy ko‘rish kerak bo‘lgan darajadagi film ham emas.
Film premyerasi 22-may kuni bo‘lib o‘tadi.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
“Avatar 6 ” va "Avatar 7" filmlari uchun g'oyalar deyarli tayyor
Sonik 3 O'zbek tilida treyler tahlili
“Kalmar o‘yini” muvaffaqiyatini takrorlashi mumkin: hitga aylangan “Karma” dramasi haqida
"Marvellar" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
Janob va Xonim Smit serialidan ilk rasmiy treyler namoyish qilindi
"Gen V" serialidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling