«Qasoskorlar: Intiho» yana AQSh prokatida birinchi oʻringa qaytdi

«Qasoskorlar: Intiho» yana AQSh prokatida birinchi oʻringa qaytdi

Marvel'ning mashhur «Qasoskorlar: Intiho» filmi qayta namoyish etilib, AQSh va Kanada kinoteatrlarida yana bir bor prokat yetakchisiga aylandi. «Qasoskorlar: Intiho yana bir bor» nomi ostidagi qayta reliz premyera dam olish kunlarida qariyb $26 mln ishlab, bir nechta yangi filmlardan o'zib ketdi.

2019-yilda ilk bor ekranlarga chiqqan filmning prokat choʻqqisiga qaytishi qo'shimcha materiallar bilan boyitilgan yangi namoyish tufayli yuz berdi. Yangilangan versiyaga «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi bilan bogʻliq bir necha daqiqalik yangi kadrlar qo'shilgan. Jumladan, Kris Evans va Robert Dauni kichik ishtirokidagi qo'shimcha sahnalar hamda yangi filmga oid titrlardan keyingi lavhalar tomoshabinlarga taqdim etilgan.



Prokatda ikkinchi o'rinni Zak Kreggerning yangi «Yovuzlik maskani» filmi egalladi. U ikkinchi hafta oxirida AQShda $23 mIn ishlab, umumiy daromadini $196,5 mlnga yetkazdi.


Uchinchi o'rinda esa Bred Pitt ishtirokidagi «Hayvon yuragi» sarguzasht jangari filmi joylashdi. Kartina ilk dam olish kunlarida qariyb $20 mln daromad qayd etdi.

×
KINOCHI.NET