“Oskar” mukofoti sovrindori Al Pachino “Yulduzlar jangi” franshizasidagi ijro etilmagan roli haqida gapirib berdi. Aktyorga filmdagi Xan Solo rolini taklif qilishgan, biroq u filmning ssenariysi tushunarsiz bo‘lgani uchun loyihada suratga tushishdan bosh tortgan.
“Men Gollivudga birinchi marta kelganimda, qishloqdan kelgan, kuchli yigit edim — mashhur bo‘lganingizda shunday bo‘ladi. Hamma bu rolni Alga bering dedi. Bir kuni ular menga “Yulduzlar jangi” nomli ssenariyni berdi va katta pul taklif qildi. Ssenariyni o‘qigan bo‘lsam ham hech narsani tushunmadim. Xarrison Ford o‘z karyerasi uchun mendan qarzdor”, — deydi Pachino.
Aktyor yaqinda Prime Video tomonidan suratga olingan “Ovchilar” filmining ikkinchi va oxirgi mavsumida ishtirok etdi. Ayni paytda aktyor Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” nomli asari asosida suratga olinishi kutilayotgan filmga hozirlik ko‘rmoqda, ushbu loyiha keying yili namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, Al Pachino 1940-yilning 25-aprelida Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Al Pachino kino olamidagi debyutini 1969-yilda “Men, Natali” filmidagi ikkinchi darajali rol bilan boshlagan. Muvaffaqiyatli kino karyerasidan tashqari, Al Pachino mashhur teatr aktyori hisoblanadi. U 1969-yil va 1977-yillarda mashhur “Toni” teatr mukofotlari bilan taqdirlangan. Aktyor faoliyati davomida “Cho‘qintirgan ota”, “Amerika farishtalari”, “Guchchi uyi”, “Ikkinchi imkoniyat” filmlari va ko‘plab loyihalarda suratga tushgan.


Tasodifiy xabarlar
Aktrisa Kemeron Diaz kino olamiga qaytadi!
"После 5: нaвсегда" filmdan rasmiy treyler (Video)
Eng yaxshi, top foydali motivatsion filmlar (Video)
Saddam Husayn haqida film suratga olinadi
Kianu Rivz "Jon Uik 4" filmi suratga olish ishlarida nima qildi?
Kapitan Amerika 4 O'zbek tilida ilk rasmiy treyler