“Shrek” multfilmidagi Eshak obrazining prototipiga aylangan Perri laqabli eshak AQSHning Kaliforniya shtatida vafot etdi. Uning o‘limi 2-yanvar kuni Palo Altodagi eshaklarga g‘amxo‘rlik qiluvchi Barron Park Donkey Project tomonidan e’lon qilindi. Perri 30 yoshdan oshgan edi.
Hayvon laminit — tuyoqlar yallig‘lanishidan aziyat chekar edi, shu sababli uzoq vaqt davomida kurashib kelayotgan og‘riqdan xalos qilish uchun Perri bir umrga uxlatib qo‘yildi. U 1997-yildan beri Palo Alto shahridagi eshaklar boshpanasida yashab kelayotgan edi.
“Qariyb bir oy davomida Perri uch oyoqda harakat qilar va doimo bir oyog‘ini ko‘targan holda turar edi. Eshaka ko‘p marta kuchli og‘riq qoldiruvchi dorilar berilgan” dedi hayvonlar boshpanasi xodimi Jenni Kiratli.
Perrining 30 yoshga to‘lishi munosabati bilan eshaklarga g‘amxo‘rlik qiluvchi parkka ko‘plab odamlar, jumladan, Palo Alto shahri meri Grir Stoun hamda boshqa siyosatchilar tashrif buyurgan. Shuningdek, mahalliy hokimiyat hayvonning tibbiy xarajatlari uchun 10 ming dollar ajratgan.
Perri nafaqat quvnoq va qiziqarli hayvon ekani, balki “Shrek” multfilmidagi Eshak obrazi prototipi sifatida ham tanilgan edi. Ushbu qahramonga aktyor Eddi Myorfi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, XXI asrning eng nufuzli va taniqli animatsion franshizalaridan biri bo‘lgan “Shrek” filmida Eshak obrazi eng esda qolarli qahramonlardan biriga aylangan. Franshizaning beshinchi qismi 2025-yilda chiqishi ham mumkin, bu haqda aktyor Eddi Myorfi Collider nashriga bergan intervyusida Eshak obraziga qayta ovoz berishi haqida ham to‘xtalib o‘tgan edi.
Tasodifiy xabarlar
"Galaktika qo'riqchilari 3 " filmi premyera sanasi o'zgardi
"Astral 5" dahshatli filmning yangi qismidan treyler
"Barbi" 2023 yilning eng daromadli filmiga aylandi
“Avatar” filmining 3-qismi qachon ekranga chiqishini maʼlum.
Real voqealarga asoslanib suratga olingan filmlar
Eng badavlat Bollivud Hind aktyorlari (Video)