Taniqli kinorejissyor Jeyms Kemeron nima uchun “Titanik” filmining bosh qahramoni Jekning “hayotini saqlab qolmagani”ga izoh berdi.
Rejissyor shu maqsadda sud tibbiyot eksperti va jismoniy sifatlari filmning bosh qahramonlari bilan bir hil boʻlgan ikkita kaskadyor yollagan. Mutaxassislar kaskadyorlarni sovuq suv ustidagi taxta boʻlagi ustiga joylashtirishgan va ularga maxsus datchiklarni biriktirishgan.
“Biz ularning xuddi filmdagidek sharoitda turli usullar bilan omon qolish imkoniyatlarini tekshirib chiqqanmiz. Ularning har ikkisi ham bunday sharoitda yashab qololmasdi. Omon qolish imkoniyati faqat bitta qahramonda boʻlgan”, – dedi Kemeron.
Maʼlumot uchun, 1999-yilda Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan “Titanik” filmi umumiy hisobda 87 ta mukofotga munosib deb topilgan. Ularning 11 tasi nufuzli “Oskar” mukofoti hisoblanadi.


Tasodifiy xabarlar
Yaxshi bo'lish osonmi 4 multfilmidan yangi rasmiy treyler
Kventin Tarantino yangi filmining kechikishi sababini ma'lum qildi.
Fonuslar DC ning yangi serialidan birinchi rasmiy tizer-treyler namoyish qilindi
Exo serialidan yangi rasmiy tizerni tomosha qiling
"Maymun odam" filmidan yangi ikkinchi rasmiy treyler
O'rgimchak odam 4 Yangi kun filmi O'zbek tilida eng so'ngi yangiliklar