“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiyachi Xvan Jun Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li Ju Shil joriy yil 2-fevral kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yonhap News Agency’ga tayanib Peopletalk xabar berdi.
Koreya axborot agentligining xabar berishicha, aktrisaga uch oy avval oshqozon saratoni tashxisi qo‘yilgan. Kasalligiga qaramay, u filmlarda rol o‘ynashda davom etdi. Iyjongbu kasalxonasi aktrisaning yuragi to‘xtab qolganini tasdiqladi. Uning dafn marosimi 5-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

Janubiy koreyalik aktrisa 60 yildan ortiq umrini san’atga bag‘ishlagan. U 1964-yilda teatr spektakllarida debyut qildi. Yoshligidan Li Jun Shi ko‘plab mashhur spektakllarda faoliyat olib bordi. Shuningdek, dublyajda ham faol ishladi. Aktrisada, shuningdek, Vonkvang universitetining sog‘liqni saqlash ishi bo‘yicha doktorlik darajasi ham bor edi

1993-yilda unga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan va oradan o‘n yil o‘tgach, aktrisa onkologik kasallikni yenga olgan.
Li Jun Shining hamkasblari va muxlislari uning Koreya sanʼatiga qo‘shgan ulkan hissasini qayd etib, ijtimoiy tarmoqlarda taʼziya izhor qilishmoqda.
Tasodifiy xabarlar
Netflixda “Kalmar o‘yini” koreys serialini 330 milliondan ortiq kishi tomosha qildi
Tom Holland "O'rgimchak odam" ro'liga qaytadimi?
"Yomon yigitlar 4" filmidan oxirgi final rasmiy treyler
"Gran Turizmo" filmidan yangi rasmiy treyler
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan yangilik (Video)
"Pingvin" Betmen filmining spinn-off serialidan rasmiy treyler