Axsikent arxeologiya bog‘i direktori Anvar Ikromov “Biz turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda ishlash uchun kelishuv imzoladik. Aktyor Burak O‘zchivit eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan, IX-X asrlarda qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti bo‘lgan Axsikent hukmdori rolini ijro etadi. Joriy yil oxiriga qadar ushbu tarixiy filmning birinchi qismini suratga olishni rejalashtirganmiz”, - deya xabar berdi.
Bugungi kunda Axsikent majmuasi jahon hamjamiyatining e’tiborini tortmoqda. Chunki qadimiy Axsikent Qashqardan g‘arbiy tomonda Buyuk ipak yo‘li karvonlari to‘xtash joyi bo‘lib, nafaqat savdo, balki ishlab chiqarish markazi sifatida ham mashhur bo‘lgan.
Tarixiy manbalarda, xususan, “Boburnoma”da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko‘p yozilgan. Qadimdan bu yerda yerosti suv inshooti bo‘lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Axsikent haqidagi kitoblar taqdimoti turli davlatlar, jumladan Hindiston, Germaniya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan.
Ayni paytda Axsikentda ochiq osmon ostidagi to‘rtta muzey barpo etilmoqda. Bundan tashqari, amfiteatr, anjumanlar zali va arxeologiya muzeyi qurilishi ishlari boshlab yuborilgan. Keyingi bosqichda sayyohlar uchun qulay infratuzilma, Sirdaryo sohilida yirik istirohat maskani, karvonsaroy hamda hunarmandlar markazi barpo etish ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, qadimgi Axsikent va Axsi qishlog‘ini daryo yoqalab bog‘lab, yaxlit yirik sayyohlik majmuasi barpo etiladi.
Axsikent tarixi va ajdodlarimizning o‘tmishi haqida maʼlumotlarni to‘plash va yosh avlodga singdirish maqsadida turk kompaniyasi bilan hamkorlikda 40 million dollarlik loyiha ishlab chiqildi. 2023-2024-yillarda umumiy qiymati 10 million dollar bo‘lgan loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirildi.
Tasodifiy xabarlar
Qora kanareyka yangi jangari film rasmiy treyleri
"Avatar: Aang afsonasi" premyeraga oz vaqt qolmoqda
O'rgimchak xonim filmidan yangi rasmit tizer-treyler
"Transformerlar 7" filmidan ikkinchi rasmiy treyler
Dueyn Jonson fikricha "Supermen" ro'li kimga munosib!
"Yigit so'zi" seriali 2 mavsum fasli bo'ladimi (Video)