Robert Pattinson yangi Jeyms Bond rolidan qancha gonarar oladi?

Robert Pattinson yangi Jeyms Bond rolidan qancha gonarar oladi?

Fransiyaning BFM telekanali Robert Pattinsonning yangi Jeyms Bond rolini ijro etishi uchun olishi mumkin bo'lgan taxminiy gonorarini ma'lum qildi.

Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, aktyor franshizaning uchta filmida suratga tushgani uchun 100 million dollardan ortiq haq olishi mumkin. Amazon MGM hozircha ushbu ma'lumotga izoh bermadi.

16-noyabr, dushanba kuni Robert Pattinson navbatdagi Jeyms Bond sifatida e'lon qilindi. U Josh O'Konnor, Kallum Terner, Jek Luden va Nikolas Xolt kabi aktyorlarni ortda qoldirgan



Bond haqidagi 26-film rejissyori «Dyuna» filmlari bilan tanilgan Denis Vilnyov bo'ladi. Ssenariy ustida esa «Shelbilan Oilasi» seriali muallifi Stiven Nayt ishlagan. Film prodyuserlari sifatida «O'rgimchak odam» loyihalari bilan tanilgan Emi Paskal va «Garri Potter» filmlari prodyuseri Devid Heyman faoliyat yuritadi.

Yangi film syujeti haqida hozircha batafsil ma'lumot berilmagan. Suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanishi taxmin qilinmoqda

×
KINOCHI.NET