2026-yilda HBO’da namoyish etilishi rejalashtirilgan “Garri Potter” seriali uchun maxsus suratga olish maydoni qurilishi boshlandi. Collider nashrining yozishicha, loyiha mini-shahar ko‘rinishida bo‘ladi va Warner Bros. kompaniyasi qurilish ishlari uchun bir milliard funt sterling (1,25 milliard AQSh dollari) sarflaydi.
Yangi shahar ilgari “Garri Potter” filmlari suratga olingan Xertfordshir grafligidagi Leavesden kinostudiyasi hududida barpo etiladi. Majmua tarkibiga yangilangan Tisovaya ko‘chasi, yo‘llar, avtoturargohlar, yosh aktyorlar uchun maktab, tibbiyot markazi va suratga olishda ishtirok etadigan hayvonlar uchun maxsus inshootlar kiradi.
The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mini-shahar “kichik megapolis” kabi faoliyat yuritadi. Bu yerda nafaqat dekoratsiyalar, balki suratga olish guruhlari va aktyorlar uchun zarur barcha infratuzilmalar qad ko‘taradi. Maydondan serialning bir nechta mavsumi davomida foydalanish rejalashtirilgan.
Dyurslilar uyi yangicha ko‘rinishda — Tyudor uslubida quriladi. Bu orqali serialga avvalgi filmlardan farqli vizual ko‘rinish berilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda katta yoshdagi aktyorlar tarkibi e’lon qilingan: Minerva Makgonagal rolida — Janet Maktir, Severus Sneyp — Paapa Essiedu, Albus Dambldor — Jon Litgou, Rubeus Hagrid — Nik Frost, Argus Filch — Pol Uaytxaus, professor Kvirrell — Lyuk Tallon. Garri, Ron va Germiona rollari uchun tanlov hali yakunlanmagan, ushbu rollar uchun 32 mingdan ortiq yosh aktyor kastingda ishtirok etgani ma’lum.
Tasodifiy xabarlar
"Forsaj 10" filmidan yangi rasmiy treyler (Video)
Wednesday 2 mavsumi faslidan yangi katta hajmdagi video parcha
Persy Jekson va Olimpiyachilar seriali 2 mavsumi faslidan ilk rasmiy tizer
"Rik va Morti" ning anime versiyasini tomosha qilamiz
Barak Obamaning 2022 yildagi sevimli filmlari!
Netflixda “Kalmar o‘yini” koreys serialini 330 milliondan ortiq kishi tomosha qildi