Rejissyor Jeyms Kemeron “Terminator” franshizasini qayta ishga tushirish haqida munozaralar o‘tkazganini va yangi hikoya nima haqida bo'lishini allaqachon bilganini aytdi.
Smartless podkastida so‘zga chiqqan Kemeron o‘zining boshqa yirik ilmiy-fantastik franshizasining kelajagi haqida gapirdi va ehtimoliy qayta ishga tushirish haqidagi muzokaralar haqiqatdan ham bo‘lib o‘tganini tasdiqladi.
Yaqinda Kemeron 2019-yilgi “Terminator: Qorong‘u taqdir” filmini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Prodyuserning o‘z bahosiga ko‘ra, filmning eng katta muammosi uning yoshroq tomoshabinlar bilan bog‘lana olmagani edi. Kemeron Linda Xemilton va Arnold Shvartseneggerni ortga qaytarish xato bo‘lganini ta’kidladi.


Tasodifiy xabarlar
"Troll" filmining kadr orti jarayoni haqida Video rolik
"Forsaj 10" filmidan ilk rasmiy treyler
Kuzgi jahon premyeralari O'zbek tilida (Video)
"Chegarasiz 4" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
Qo'rqinchli filmlar insonlar uchun foydalimi?
"Dyuna 2" filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi