Amerikaning “Netflix” platformasi taniqli aktrisa va xonanda Jennifer Lopes ishtirokidagi “Ona” filmi treylerini eʼlon qildi. Rolik striming servisining YouTube platformasidagi rasmiy kanaliga joylashtirilgan.
Filmda farzandini qutqarish uchun sayyoradagi eng xavfli odamlar bilan jang qilib, gʻalaba qozonishi kerak boʻlgan sobiq yollanma askar ayol hayoti haqida hikoya qilinadi.
Kartinada taniqli aktyorlar Gael Garsia Bernal, Pol Raysi, Omari Xardvik ham turli rollarni ijro etishgan.
Film ssenariysi mashhur ssenariynavislar Misha Grin, Andrea Berloff va Piter Kreyg tomonidan yozilgan. Kartinaning rasmiy taqdimoti joriy yilning 12-may sanasiga rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
Monarx : Maxluqlar merosi seriali suratga olish jarayoni (Video)
"Qichqiriq"(Krik) 6 Treyler va premyerasi sanasi
“Marvel” bir nechta filmlarni keyinga qoldirdi!
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining 8-qismi taqdimoti bir yilga kechiktirildi
Komediya qiroli Mister Bin hayoti va ijodi (Video)
La'nat 4: oxirgi marosim filmi kassa yig'imlarida ajoyib natijaga erishdi