Kistofer Nolan "Oppengeymer" uning faoliyatidagi eng uzun film bo‘lishini tasdiqladi. Total Film'ga bergan yangi intervyusida rejissyor shunday dedi: “Bu men ilgari taqdim qilgan eng uzun kartinadan bir oz uzunroq”.
Ayni paytda Nolanning eng uzun kartinasi “Yulduzlararo” fantastik dramasi bo'lib, uning davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil qiladi. Rejissyorning qo‘shimcha qilishicha, “Oppengeymer” uch soat davom etadi degan taxmin deyarli to‘g‘ri.
“Ssenariy hissiyotlar dengizini uyg'otadi va triller kabi o'qiladi. Bu troyan otiga o'xshaydi, lekin aslida triller. U haqiqatan ham qo'rqinchli” – deydi rejissyor. “Oppengeymer” premyerasi 21-iyul kuni bo'lib o'tadi.


Tasodifiy xabarlar
"Kul" Yonish qoldig'i yangi ilmiy-fantastik triller jardagi film treyleri
Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin
Minecraft filmi O'zbek tilida haqidagi ma'lumotlar
Aktyor "Yashil Goblin" ro'liga qaytishga tayyorligi aytdi
Momaqaldiroqlar O'zbek tilida Uzbek tilida film tahlilini tomosha qiling
"Kalmar o'yini" filmidan so'ng Janubiy Koreya seriallar uchun juda katta mablag' ajratdi