Netflix 2025-yilda mashhur yozuvchi Mary Shelley'ning klassik asari asosida yangi "Frankenstein" filmini taqdim etadi. Filmning rejissyori - mashhur Guillermo del Toro.
Asarda olim Victor Frankenstein hayot yaratish orzusida xavfli tajriba oʻtkazadi va natijada odamga o'xshash, ammo o'zini dunyoda begona his qiladigan maxluq paydo boʻladi. Filmda ushbu yaratilgan mavjudot oddiy qo'rqinchli obraz emas, balki hissiyotlari, orzulari va iztiroblari bor bir jon sifatida tasvirlanadi.

Bosh rollarda Oscar Isaac, Jacob Elordi, Mia Goth va Christoph Waltz kabi yulduz aktyorlar ishtirok etmoqda. Premyera avval kinoteatrlarda 17-oktyabr kuni, soʻng 7-noyabrdan boshlab Netflix'da butun dunyo bo'ylab namoyish etiladi.
Bu filmni ko'pchilik intiqlik bilan kutyapti, chunki unda nafaqat qo'rquv, balki insoniylik, muhabbat va yolgʻizlik haqida ham chuqur o'ylar aks etgan.
Filmdan ikkinchi rasmiy treylerni esa quyida tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Tom and Jerry" multfilimi 83 yoshga to'ldi
Netflix "Sen" serialining to'rtinchi fasli treylerini taqdim etdi
“Kalmar o‘yini” muvaffaqiyatini takrorlashi mumkin: hitga aylangan “Karma” dramasi haqida
Arnold Shvarsenegger faoliyati davomidagi eng xavfli tryuklar haqida gapirdi
Yanvar oyida "Disney+" dagi premyeralar (Video)
"Garry Potter" davomi suratga olinadimi?