“Oskar” mukofoti sovrindori Skarlett Yoxansson Marvel kinematik olamiga qaytishni va “Qora beva” kinokartinasidagi rolini o‘ynashni istamasligini ma’lum qildi.
“Men tugatdim. Bob tugadi. Qo‘limdan kelganini qildim. Qolaversa, qaytib kelib, o‘n yil davomida ijro etgan o‘sha obrazni gavdalantirish juda noyob tajribani talab qiladi”, — deydi Yoxansson Goop Podcast’da Gvinet Peltrou bilan suhbatda.
Shuningdek, u Toni Starkning sevgilisi Pepper Potts obraziga qaytishni rejalashtirmayotganini, biroq bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi:
“Men o‘lmaganman, shuning uchun ular har doim menga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin”, — deydi aktrisa.
Yoxansson “Temir odam-2” filmida Natasha Romanoff, ya’ni Qora beva rolini ijro etgan. Aktrisa oxirgi marta 2021-yilda ushbu qahramonni gavdalantirgan. U 2023-yilning oxirigacha Ues Andersonning “Asteroidlar shahri”da va “Onamning to‘yi” komediyasida rol o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Skarlett va uning egizak ukasi Hanter 1984-yil 22-noyabrda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Skarlett yoshligidanoq Li Strasbergning aktyorlik maktabida ta’lim oladi: kino uning orzusi edi. Skarlett turli loyihalarda faol ishtirok etishni davom ettirdi (“Lyusi” (2014), “G‘ildirakdagi oshpaz” (2014), “Yashasin, Sezar!” (2016), “Qurol sharpasi” (2017), “Juda yomon qizlar” (2017 ), “Quyoncha Jojo” (2019), “Nikoh haqida hikoya” (2019) va Marvel’ning bir nechta filmlarida suratga tushdi.
Forbes’da qayd etilishicha, Yoxansson uchun eng ko‘p daromad keltirgan rol “Qasoskorlar” filmi turkumidan bo‘lgan “Qora beva” filmidagi rus josusi roli bo‘lgan. Bu rol ijrosi orqali aktrisaning daromadi 4 baravarga oshgan.



Tasodifiy xabarlar
"Yulduzlar jangi" seriali yangi fasl qismlarini ko'ramizmi?
Kino olamidagi eng tezkor superqahramonlar Top 10 (Video)
Kalmar o'yini seriali 2 mavsumi qaynoq rasmiy treyler
“Boshqotirma” multfilmi asosida animatsion serial ishlab chiqiladi
Juda ham o'zgarib ketgan aktyor va aktrisalar (Video)
2025-yilgi Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi