Avatar 3: Olov va Kul filmi nihoyat 2025-yil 19- dekabr kuni katta ekranlarga chiqishi e'lon
qilindi.Rejissyor Jeyms Kemeron bu safargi filmda Pandora olamining yangi tomonlarini ko'rsatadi. Eng qiziq tomoni - bu safar biz olov qabilasi bilan tanishamiz, ular avvalgi Na'vilardan ancha farqli, yovuzroq va tajovuzkorroq qabila boʻlishi mumkin. Asosiy rollarda yana Sem Uortington, Zoyi Saldana, Sigurni Uiver va Stiven Lang kabi aktyorlar ishtirok etadi. Filmda ilgari koʻrilmagan darajadagi 3D effektlar, suv osti sahnalari va vizual texnologiyalar ishlatilgan. "Avatar 3" - bu faqatgina davomiy film emas, balki 4 va 5- qismlarga zamin bo'luvchi markaziy qism bo'ladi. Quyida filmdan yangi tizer-treylerni tomosha qiling.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Navalniy" hujjatli filmi "Oskar" mukofotini oldi
Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmining treyleri e'lon qilindi
Kinodagi ro'li uchun "Xunuk" ko'rinishga kirgan aktrisalar
"Titanik" filmining yangilangan versiyasi uchun Treyler.
"Krid 3 " filmi premyera sanasi va rasmiy treyler
Yigitlar seriali 4 fasl, mavsumidan yangi rasmiy treyler