19-fevral kuni Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasida yillik BAFTA mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimning bosh mukofoti, ya’ni yilning eng yaxshi filmi uchun mukofot g‘olibi Edvard Berger tomonidan suratga olingan “G‘arbiy frontda o'zgarish yo'q” nemis harbiy dramasi bo‘ldi. Shuningdek, film “Eng yaxshi xorijiy film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi ovoz” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Hammasi bo'lib loyiha yettita haykalcha oldi, bu tahlilchilar nazarida bo‘lajak "Oskar" mukofotlarini qo'lga kiritish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
Yilning eng yaxshi animatsion loyihasi deb Gilermo del Toroning “Pinokkio” filmi topildi. Eng yaxshi vizual effektlar uchun mukofot Jeyms Kemeronning “Avatar-2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik blokbasteriga topshirildi.



Tasodifiy xabarlar
"EPIDEMIYA" koronavirus davri haqida yangi film!
"Dyuna 2" filmidan yangi rasmiy treyler
Persi Jekson va Olimpiyachilar"" serialining 2 - mavsumidam qaynoq rasmiy treyler
"Qazuvchi" (Digger) filmi prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi: Warner Bros. 250 million dollar zarar ko'rishi mumkin
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
Sonik 3 O'zbek tilida yangi rasmiy treyler