Forsaj 11 filmi haqidagi yangi ma'lumotlar

Forsaj 11 filmi haqidagi yangi ma'lumotlar

"Forsaj" franshizasi yulduzi Vin Dizel ijtimoiy tarmoqlarda yangi qism haqidagi yangiliklarni bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Universal studiyasi “Forsaj-11” filmini 2026-yil mart oyida chiqarishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ushbu studiyaning egasi bo‘lgan Comcast media korporatsiyasi “Forsaj-12” filmiga ham qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. Avvaliga, keyingi 11 film franshizaning ulkan final qismi bo‘lishi kutilayotgandi, ammo endi ushbu seriya yakunlanishdan yiroqdek ko‘rinmoqda. Bundan tashqari, Duayn Jonsonning Lyuk Hobb roliga qaytish ehtimoli ham bor.



“Bitta qulog‘imda Universal studiyasi: ‘Yangi “Forsaj”ni 2026-yil martigacha tayyorlashimiz kerak’, deyapti! Ikkinchi qulog‘imda esa Comcast: ‘Seriyani yakunlash uchun ikkita film suratga olish kerak’, deydi! Keyin esa ‘Forsaj-5’ ssenariy muallifi menga men va Duayn Jonson birga tushgan suratimizni yuborib, ‘Dom va Hobbs o‘zaro ziddiyatlarini hal qilishlari kerak’, deydi. Men esa faqat haqiqiy ko‘cha poygalarini, real stuntsiyalarni va bu ajoyib birodarlikni qayta tiklashni istayman." deydi aktyor Vin Dizel.



Avvalroq, aktyor franshizaning yakuni uch qismdan iborat bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Ammo, “Forsaj-10” unchalik katta daromad keltirmagach, bu suhbatlar sustlashdi. 340 million dollar byudjetga ega "Forsaj 10" filmi qariyb 700 million dollar yig‘di, xolos.

Shuningdek, “Xobbs va Shou” spinoff filmining davomi ham ishlab chiqilayotgani xabar qilingan edi. Bu filmda asosiy rollarni Duayn Jonson va Jeyson Stethem ijro etgan.

Juda ko'plab tomoshabinlar “Forsaj” franshizasining kelajagini va Vin Dizel hamda Duayn Jonsonning yana birga ekranga chiqishini intizorlik bilan kutmoqda.

Теглар:
×