1-Yanvar kuni Nevada shimolidagi mavsumiy bo'rondan qor tozalash paytida aktyor Jeremi Renner (Lochin ko'z) oyog’ini qor tozalash mashinasi bosib ketgan va u ko’p qon yo’qotgan, buning natijasida u jiddiy jarohat olgan. O’sha zahotiyoq aktyorni vertalyot orqali shifoxonaga olib borishgan. Hozirda uning ahvoli “og‘ir, ammo barqaror” deya ta’riflanmoqda
Uning vakilining so‘zlariga ko‘ra, u hozir oila qurshovida va a’lo darajada parvarish qilinmoqda. Avvalroq u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Kaliforniya va Nevada shtatlari chegarasida kuchli qor yog‘ishi oqibatlari aks etgan suratni joylagan edi.
Aktyorga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz!

Tasodifiy xabarlar
Mualliflik huquqini buzgan fuqaro javobgarlikka tortildi
"AVATAR 3" filmidan yangi konsept-artlar taqdim etildi
"Yigit So'zi" seriali haqidagi siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar
“Indiana Jons-5” filmi uchun qariyb 300 million dollar sarflandi
"Beverli-Xillz politsiyasi 4" filmidan rasmiy tizer treyler
1929-2022 yillarda "Oskar" mukofotini olgan aktyorlar.