Lionsgate kinokompaniyasi taniqli qo‘shiqchi, prodyuser va xoreograf Maykl Jeksonning hayoti va ijodi haqida film suratga olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Filmga tomoshabinlarga “Buyuk ekvalayzer” va “Mashg‘ulot kuni” filmlari orqali tanilgan Antuan Fuku rejissyorlik qiladi.
Shuningdek, loyiha jamoasiga ssenariy muallifi Jon Logan va prodyuser Grem King ham taklif qilingan, ular ilgari Freddi Merkuri faoliyati haqidagi “Bogemiya rapsodiyasi” filmida ishtirok etgan. Aktyorlar tarkibi hali tasdiqlanmagan.
Ayni paytda film syujeti ustida ish olib borilmoqda. Biroq, ma’lumotlariga ko‘ra, film Maykl Jeksonning butun hayotini qamrab oladi.

Tasodifiy xabarlar
“Garri Potter” haqida yangi film?
"MANDALORIAN" seriali 3 mavsum fasli rasmiy treyleri
Gollivud yulduzi aktyor Bred Pitt nafaqaga chiqmoqchi.
"Arvohlar uyi" filmidan yangi rasmiy treyler
Lionel Messi haqidagi hujjatli filmining 30 soniyalik treyleri taqdim etildi
"Tozalovchi" yangi jangari film rasmiy treyleri