“Kelajakka qaytib” trilogiyasining aktyorlari Portlenddagi Fan Expo anjumanida yig‘ildi. Kinokartinada suratga tushgan aktyorlardan biri Lia Tompson Instagram’dagi sahifasiga “Kelajakka qaytib” filmi aktyorlari bilan birga tushgan suratlar va videolarini joyladi.
“Rostini aytsam, “Kelajakka qaytib” oilasi bilan ajoyib vaqt o‘tkazdim. Muxlislar bilan juda ko‘p kulgili lahzalar bo‘ldi”, — deb yozgan Tompson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Shuningdek, suratda Maykl Foks (Marti Makflay obrazini gavdalantirgan), Kristofer Lloyd (Doktor Emmet Braun rolini ijro etgan) va Tom Uilson (filmda Bill Tannen rolini o‘ynagan) ham ko‘rinish bergan.
Rejissor Robert Zemekisning “Kelajakka qaytib” franshizasining qismlari 1985-yildan 1990-yilgacha suratga olinib, butun dunyo bo‘ylab 961 million dollar mablag‘ yig‘gan va eng mashhur ilmiy-fantastik franshizalardan biriga aylangan.


Tasodifiy xabarlar
Fallout seriali 2 mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri
Hayvonlar shahri 3" multfilmi ustida ishlar boshlandimi?
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
"Jodugar" seriali 3 mavsum, fasl uchun rasmiy treyleri
"Taxtlar o'yini" seriali aktyori Darren Kent vafot etdi
Qo‘rqinchli filmlar ko‘rish sportning o‘rnini bosa oladimi?