DreamWorks kompaniyasi ijodiy hamkori Kris Meledandrining ma’lum qilishicha, kinostudiya “Shrek-5” filmi ustida ish boshladi. Studiya yangi qismda filmning o‘tgan qismlari aktyorlari — Mayk Mayers, Kemeron Dias va Eddi Merfining ishtiroki bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
“Biz aktyorlarning qaytishini kutyapmiz. Hozir muzokaralar boshlandi va biz olgan barcha belgilar aktyorlar qaytishga juda ishtiyoq bilan qarashayotganini ko‘rsatmoqda”, — deydi Kris Meledandri Variety nashriga bergan intervyusida.
Kris Meledandri — “Yaxshi bo‘lish osonmi?” va “Minyonlar” multfilmlarining prodyuseri. Dastlab “Shrek”ning beshinchi qismi uning ishtirokida 2019-yilda kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi, biroq multfilm ustidagi ishlar to‘xtatildi.
“Shrek” multfilmining yangi qismidagi ishlarning qayta tiklanishi kassalarda qariyb 500 million dollar yig‘gan “Etik kiygan mushuk: So‘nggi istak” multfilmi muvaffaqiyati bilan bog‘liq.
2010-yilda “Shrek-4” multfilmi chiqarilgandan so‘ng, DreamWorks’ning sof daromadi ikki baravar ko‘payib, 188,9 million dollarga yetdi.


Tasodifiy xabarlar
Tony Starkni "Qasoskorlar" tarkibida yana ko'ramizmi?
Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar
"Leo" animatsion filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
Marvel komikslari rassomi Jon Romita vafot etdi
Jeki Chan xavfli tryuklarni mustaqil bajarishni qachon to‘xtatishini aytdi
Jonni Dep kinofestivalda muhlislar olqishiga sazovor bo'ldi